Soha yangiliklari

IOI 2026: Telegram 235 nafar g‘olib uchun maxsus raqamli sovrinlar taqdim etadi

Bugun Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 o‘z ishini boshladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan eng iqtidorli yosh dasturchilarni jamlagan nufuzli musobaqa O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilmoqda.

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida IOI 2026 Toshkentda boshlanayotganini qayd etib, Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ham avval ushbu olimpiadada medallarni qo‘lga kiritganini ta’kidladi.

Yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram IOI 2026ning 235 nafar g‘olibiga “Algorithm Cups” nomli eksklyuziv raqamli kolleksiyalarni taqdim etadi. Ularning umumiy qiymati kamida 117 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Pavel Durov, shuningdek, informatika olimpiadasining O‘zbekistonda o‘tkazilishini alohida ramziy ahamiyatga ega deb baholab, al-Xorazmiy — algebra asoschilaridan biri va “algoritm” atamasiga asos bo‘lgan alloma nomini tilga oldi.

IOI 2026 ishtirokchilariga omad tilaymiz! Eng yaxshi algoritm g‘alaba qozonsin!

Faylni tanlang