"EMMM" DUK yangiliklari

“Jartepa” chegara bojxona postida o‘quv seminari tashkil etildi

“Radioelektron vositalar (radiostansiyalar, sunʼiy yo‘ldosh tizimlari) va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning bajarilishini ta’minlash maqsadida, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi O‘zkomnazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy sho‘basi va Samarqand viloyati EMMX xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. 

photo2026-01-1617-54-39.jpg

O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 2, 3-ilovalari atroflicha muhokama qilindi.

photo2026-01-1617-54-43.jpg

O‘quv seminari davra suhbati shaklida o‘tkazilib, unda radioelektron vositalarning (REV) noqonuniy olib kirilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Savol-javoblar shaklida o‘tkazilgan seminar xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, amaliy holatlar misolida REVlarni noqonuniy olib kirishni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

photo2026-01-1617-54-48.jpg

Seminar davomida “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil va tushunarli javoblar berildi. Mazkur texnik yo‘nalishdagi o‘quv seminarlarining o‘tkazilishi chegara bojxona postlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi A.A.Olmasov

Faylni tanlang