EMMM yangiliklari

Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai

Joriy yilning 23-oktabr kuni Elektromagnit moslashuv markazida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

photo2026-10-3017-09-19.jpg

Mazkur tadbir 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag'ishlab shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

photo2026-10-3017-09-25.jpg

Yarmarka “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop, ma’rifiy hamda tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari kitoblar bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni tanlash va yangi nashrlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

photo2026-10-3017-09-31.jpg

photo2026-10-3017-09-41.jpg

Kitob yarmarkasi xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

photo2026-10-3017-09-50.jpg

photo2026-10-3017-09-59.jpg

Zero, kitob — inson tafakkurini boyitadigan, ma’naviyatini yuksaltiradigan va yangi marralar sari yetaklaydigan bebaho ma’naviy xazinadir. Shu bois, jamoa orasida kitobxonlik muhitini shakllantirish va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

photo2026-10-3017-10-05.jpg

photo2026-10-3017-10-11.jpg

photo2026-10-3017-10-17.jpg

Faylni tanlang