EMMM yangiliklari

Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.

Joriy yilning 6‑dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi, soha korxona va tashkilotlar orasida Konstitutsiyamizning 31 yilligi hamda 9‑dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Qoraqalpog‘ison Respublikasi Adliya vazirligi xodimi M.Xojaxmetova tashrif buyurib, yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati hamda korrupsiya sohasidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida nutq so‘zladi.

Mazkur tadbirda soha korxonalar boshliqlari va xodimlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i va xodimlari ishtirok etdilar.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang