Joriy yilning 24-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda ushbu illatga qarshi izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki normativ-huquqiy hujjatlari talablari va ularga qat’iy rioya etish tartibi yana bir bor tushuntirildi.

Korrupsiya nafaqat davlat va jamiyat rivojiga jiddiy zarar yetkazuvchi omil, balki har bir fuqaroning halol mehnati, oilasi tinchligi va farzandlar kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli illat ekani alohida ta’kidlandi.
Ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati, halollik va shaffoflik tamoyillariga sodiqligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida nafaqat ish jamoasida, balki oila davrasida va yaqin insonlar o‘rtasida ham doimiy tushuntirish ishlarini olib borish muhimligi qayd etildi.
Davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xizmat faoliyatida qonun ustuvorligi va halollik prinsiplariga og‘ishmay amal qilish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov