Davlat va jamiyatning tarraqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sabablardan biri bu korrupsiyadir. Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati va davlat dasturlarini qabul qilish orqali amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbatida ushbu illatga qarshi ishlab chiqilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng muhim vazifalarimizdan biri bu, xodimlarning ongini tubdan o‘zgartirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishdir. Bu muammoni hal qilish uchun, birinchi navbatda, ularning ish faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asosan tashkil etish orqali erishiladi.
Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati
2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.