
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon hukumati sammiti (World Government Summit) xalqaro anjumani doirasiga tashkil etilgan “Tech-Gov Alliance: Building Smarter Futures” sessiyasida qatnashdi.
Ushbu sessiyada hukumat va texnologiya sohasidagi hamkorliklarning rivojlanishi tahlil qilindi. Muhokamada sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va bulut texnologiyalari yordamida davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalar ko‘rib chiqildi.
Panel ishtirokchilari ushbu texnologiyalarning samaradorlik, shaffoflik va fuqarolar bilan o‘zaro aloqani yaxshilashdagi rolini muhokama qildilar.
Mazkur muhokamada texnologiyalar va davlat boshqaruvi o‘zaro integratsiya qilinishi orqali aqlli va samarali davlat xizmatlari shakllanishi va raqamli hukumat kelajagi qanday bo‘lishi haqida masalalar tahlil qilindi.