EMMM yangiliklari

Navoiy viloyati EMMXda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 16-aprel kuni Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish hamda uning ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda xizmat xodimlari ishtirok etib, elektromagnit moslashuv va radiomonitoring yo‘nalishida korrupsiyaning oldini olish, mavjud xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli yondashuvlar muhokama qilindi.

photo2026-04-1717-27-25.jpg

Davra suhbatida farmonning asosiy yo‘nalishlari, xususan, davlat organlari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, komplayens nazorat tizimini joriy etish, xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan jarayonlar, jumladan chastota resurslarini taqsimlash, texnik ruxsatnomalar berish, radioelektron vositalarni ro‘yxatga olish va monitoring ishlari tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda qarorlar qabul qilishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xolislik va shaffoflikni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Tadbir davomida komplayens nazorat tizimini samarali joriy etish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, xizmat faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish, ularning anonimligini ta’minlash va qonuniy manfaatlarini kafolatlash mexanizmlari bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.

Davra suhbati yakunida xizmatning 2-toifali muhandisi M.Jumayev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida halollik muhitini mustahkamlash hamda xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.

photo2026-04-1717-27-29.jpg

Mazkur tadbir Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandis M.Jumayev

Faylni tanlang