"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy viloyatida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda

Radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining aniqlash maqsadida joriy yilning oktyabr oyida Navoiy viloyati elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan Navbahor tumani va Navoiy shahrida radiomonitoring tadbirlari olib borildi. 

Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida efirda noqonuniy radioelektron vositalarning mavjudligi aniqlandi va ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Navoiy  viloyati hududiy sho‘basi xodimlari hamda Navoiy viloyati IIB xodimlari jalb e’tildi. Hamkorlikda olib borilgan bir nechta tadbirlar natijasida 21 dona “Baofeng BF-999S” hamda  22 dona “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda  ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. 

Ushbu radioelektron vositalar profilaktika inspektorlari tomonidan tegishli bayonnomalar tuzilib olib qo‘yildi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-qarorining 3-ilovasiga asosan texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun Navoiy viloyati EMMXga berildi.

Navoiy viloyati EMMX mutaxassilari tomonidan texnik ekspirtiza o‘tkazilgandan so‘ng  xulosalar Navoiy viloyati IIBga Qonun doirasida chora koʻrish uchun yuborildi. 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi  M.Jumayev

Faylni tanlang