Joriy yilning 13-oktabr kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi, Xiva shahar IIB va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Xiva shahar “Yangi turmush” mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida Xiva shahar “Yangi turmush” mahallasi hududida fuqarolar tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotgan 2 ta holat bo‘yicha 1 dona mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi hamda 3 dona “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalari aniqlanib, texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.


Mazkur radioelektron vositalar bo‘yicha Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan texnik ekspertiza o‘tkazilib, uning natijalari asosida tegishli xulosalar tayyorlandi. Ushbu hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma’muriy choralar ko‘rilishi uchun belgilangan tartibda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limiga yuborildi.


Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev