"EMMM" DUK yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 18-oktabr kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani IIB va Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Qo‘shko‘pir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida Qo‘shko‘pir tumani hududidagi paxta tozalash klaster korxonasida tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgan jami 7 dona radioelektron vositalar aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimlari tomonidan REVlar vaqtincha olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun hujjatlar “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.