EMMM yangiliklari

Noqonuniy ravishda foydalanib kelingan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur reja asosida radiochastota spektridan noqonuniy radioelektron vositalaridan foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida hududlarda muntazam radiomonitoring tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan navbatdagi radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro shahri hududida 18 dona qo‘lda olib yuriluvchi radiostansiyalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan radioelektron vositalar vaqtincha olib qo‘yildi hamda texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.

Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertiza natijalari asosida tegishli xulosalar tayyorlanib, belgilangan tartibda vakolatli idoralarga yuborildi.

Radiochastota spektridan foydalanish tartibi buzilishlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha radiochastota spektri monitoringini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik davom ettirilmoqda.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

photo2026-06-2414-31-10.jpg

photo2026-06-2414-31-17.jpg

Faylni tanlang