Joriy yilning 11-dekabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.

O‘quv soatida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
Dastlab, Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.B. Raximov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-maydagi “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 304-son Qarori bo‘yicha tushuntirish berdi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi S.Sh. Muydinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi “Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi 303-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

