Soha yangiliklari

«Ekologiya, san’at, texnologiyalar» mavzusidagi xakaton uchun arizalar qabuli boshlandi

2025-yilning 20-21-iyun kunlari Toshkent shahrida texnologiya va san’at orqali barqaror rivojlanish yondashuvlarini qayta tahlil qilishga bag‘ishlangan xakaton bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davom etadigan tadbirda ishtirokchilar jamoalarga birlashgan holda, g‘oya yaratishdan tortib, namuna tayyorlashgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadilar hamda dolzarb ekologik muammolarning ijodiy yechimlarini taklif etadilar.

Xakaton natijalariga ko‘ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va ularning mualliflari pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi – 100 000 000 so‘m.

Xakaton ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:

Tech for Ecology – barqaror rivojlanish sohasidagi texnologik va tahliliy yechimlar

Art for Ecology – ekologik muammolarni anglashni qayta talqin etadigan vizual, multimedia va badiiy loyihalar

Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy, School 21 kampusi

20-21-iyun, oflayn

Tadbirda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 18-30 yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Qatnashish bepul.

Hududlardan kelgan ishtirokchilar uchun transport, turar-joy va ovqatlanish xarajatlari to‘lab beriladi.

Arizalar 6-iyungacha qabul qilinadi.

Diqqat qiling: arizalar faqat individual tarzda qabul qilinadi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 100 nafar ishtirokchi tanlab olinadi va ulardan jamoalar shakllantiriladi.

Quyidagi havola orqali ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish mumkin: hackathon.21-school.uz (https://hackathon.21-school.uz/)

Faylni tanlang