
Joriy yilning 5-8-oktabr kunlari EMMM mutaxassislari Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Aloqa xizmati taklifiga binoan Tojikiston Respublikasining chegaraoldi hududlari bo‘ylab mobil aloqa maydoni kuchlanganlik darajalarining elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qo‘shma texnik o‘lchovlar o‘tkazdilar.
Birgalikda o‘tkazilgan o‘lchov ishlari doirasida 700, 800, 900, 1800, 2100 va 2600 MHz diapazondagi radiochastota spektri monitoringi amalga oshirildi shuningdek, Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida o‘zaro kirib boruvchi mobil aloqa signallari manbalari o‘lchandi va aniqlandi.

Oʻtkazilgan tadbirlarning natijalariga asoslanib, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona, Namangan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining chegaradosh hududlarida uyali aloqa signallarini tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishdilar.