Tojiyev Xurshid To‘lqinovich
Samarqand viloyati EMMX
Xizmat boshlig‘i
Asosiy vazifalari:
- Radichastotali spetr monitoringini olib borish;
- Radiochastotalarni rejalashtirish va ularni, desentrlashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladigan radioelektron vositalar (REV) uchun foydalanuvchilar o‘zlashtirishlari uchun taqdim etish;
- Chastotali o‘zlashtirishlar hisobini olib borish va ularni, ruxsatnoma desentrlashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladigan, REV bo‘yicha va ruxsatnoma markazlashtirilgan ravishda rasmiylashtiriladigan REV QCh, O‘Ch va YuCh diapazonlar Samarqand viloyati hududida foydalanishni nazorat qilish;
- Viloyat hududida foydalaniladigan, REV, yuqori chastotali moslamalar (YuChM) va KTVT ro‘yhatdan o‘tkazish;
- Radioaloqa va teleradioqabuldagi radiohalaqitlar manbalarini aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshirish;
- texnik vositalarni tekshirish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiohalaqitlar (elektrotransport, elektrouzatish liniyalar, elektrouskunalar, avttransport vositalar va boshqalar)ni sanoat radiohalaqitlar ruxsat etilgan darajalari me'yorlariga mos kelishiga nazorat-o‘lchov kompleks ishlarini - amalga oshirish;
- REV va YuChMdan Samarqand viloyati hududida foydalanish bo‘yicha texnik nazorat;
- Viloyat asosiy tuzilmalari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga radiotelefonlarni va uzatuvchi moslamalarni noqonuniy ravishda olib kirish ularni sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda o‘zaro ishlarni tashkil qilish.
Asosiy funksiyalari:
- Radiochastotali spektr monitoringini amalga oshiradi va kelishilgan holda, tegishli hisobotlarni EMMM va O‘z AAA hududiy boshqarmasiga taqdim etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va Samarqand viloyati hududida (0,1-3000) MGs diapazondagi radiochastotali spoektrdan (QC, O‘Ch va YuCh diapazonlari) foydalanish bo‘yicha xulosalar beradi;
- Respublika va Samarqand viloyati hududlarida, qo‘shni davlatlar nurlanish ta'sirini hisobga olgan holda, elektromagnit muhit (QC, O‘Ch va YuCh diapazonlari) tahlilini amalga oshiradi;
- Ruxsat etilmagan nurlanish joylarini aniqlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Foydalanuvchilar arizalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda, ro‘yhatga olinishi desentrlashtirilgan ravishda amalga oshiriladigan, REV va YuChMni sotib olishga va o‘rnatishga, loyihalashtirishga, qurishga va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar taqdim etadi;
- Chastotali o‘zlashtirishning avtomatik hisobini amalga oshiradi;
- Chastotali o‘zlashtirishlardan foydalanish va radioelektron vositalar ishlashini nazorat qiladi;
- Ruxsatnomasi desentrlashgan ravishda beriladigan REVlar uchun elektromagnit moslashuvining kerakli hisoblarini bajaradi, shuningdek, elektromagnit ekspertizasini amalga oshiradi va elektromagnit muhit bo‘yicha xulosalar taqdim etadi;
- REV texnik radionazoratini va parametrlar o‘lchovini amalga oshiradi;
- REV va YuChM larning amalda bo‘lgan me'yorlariga movofiqligiga texnik nazoratni amalga oshiradi;
- Noqonuniy foydalanilayotgan REV faoliyatini aniqlash va ularga to‘xtatish bo‘yicha operativ-izlash ishlarini amalga oshiradi;
- Horij mamlakatlar radiouzatish stansiyalarning texnik nazoratini amalga oshiradi;
- Manfaatdor tashkilotlar va davlat boshqaruvi va nazorati organlari bilan birgalikda, radiochastotali spektr va radioelektron vositalardan foydalanishdagi belgilangan tartibga rioya qilish maqsadida o‘zaro ishlarni amalga oshiradi;
- DAN organlarni tomonidan, avtotransport vositalarida o‘rnatilgan, REV uchun ruxsatnoma borligini tekshirishdagi, davriy texnik tekshiruvlarda ishtirok etadi;
- Radionazorat ma'lumotlarini birlashtiradi va radiochastota foydalanuvchilariga rekomendasiyalar beradi;
- EMMMning texnik radionazorati bo‘yicha operativ vazifalarini amalga oshiradi va belgilangan shakl bo‘yicha svodkalar taqdim etadi;
- Radiohalaqitlar manbalarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘radi, REV (shu jumladan, kabel televideniyesi) parametrlar o‘lchovini hamda televideniye va radiouzatish UQT qabul stansiyalarining aniq hududlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Taqdim etilgan vakolatlar doirasida, ma'muriy-xo‘jalik faoliyatini ta'minlaydi;
- Audit yoki rahbariyat tomonidan o‘tkazilgan tahlil davomida, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.