Soha yangiliklari

IAC-2028ni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) bilan 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolandi.

Marosimda Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda “Sun’iy intellekt alliyansi” NNT direktori Aziz Muhiddinov ishtirok etishdi.
 
Mazkur hujjat IAC-2028ni Samarqandda tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlikning muhim amaliy bosqichi hisoblanadi. Endilikda kongressni yuqori darajada tashkil etish, xalqaro ishtirokchilar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash va kongress dasturini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Faylni tanlang