IT Park University’da o‘qish, universitet bilan yaqindan tanishish va bu yil o‘qishga kirishga ulgurishni xohlaysizmi?

1-avgust kuni abituriyentlar va ularning ota-onalarini yilning so‘nggi Open Day tadbiriga taklif qilamiz. Siz o‘qishga qabul, ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari, talabalik hayoti va karyera istiqbollari haqida batafsil ma’lumot olishingiz hamda universitet vakillariga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin bo‘ladi.
Dasturdan o‘rin olgan:
— IT Park University taqdimoti;
— taklif etilgan mehmonlar va hamkorlarning chiqishlari;
— IT olamidagi dolzarb mavzular muhokamasi;
— o‘qishga kirish, ta’lim va grantlar bo‘yicha konsultatsiyalar.
Qabul yakuniga 100 tadan kam joy qoldi. Agar bu yil o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Open Day siz uchun barcha kerakli ma’lumotlarni olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatidir.
Sana: 1-avgust
Vaqt: 11:00–14:00
Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 7/2
Open Day’ga hoziroq havola orqali ro‘yxatdan o‘ting