Zamonaviy transport infratuzilmasi rivojlanib borayotgan bir paytda yo‘lovchilar, haydovchilar va logistika tarmoqlari uchun uzluksiz hamda sifatli mobil aloqa va internet xizmatlarini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois Qashqadaryo viloyati EMMX mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘chma texnik vositalar yordamida viloyat hududidan o‘tuvchi muhim transport arteriyalari – avtomagistrallar va xalqaro ahamiyatga ega M-39, A-378, A-380 avtomobil yo‘llarida hamda viloyat markazini tuman markazlari bilan bog‘lovchi yo‘llarda o‘lchov ishlari olib borildi.

Radiomonitoring ishlari mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha mobil aloqa operatorlarining 2G (GSM), 3G (UMTS), 4G (LTE) va 5G (NR) standartlaridagi ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish tezligi tahlil qilindi.
Shuningdek, radiochastota spektrida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalar va aloqa sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi radioxalaqit manbalarini aniqlashga ham alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro yo‘llar bo‘ylab aloqa qamrovini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘lchov natijalari O‘zbekiston Respublikasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy shu’basi va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limiga taqdim etildi.
Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.Qudratov