Joriy yilning 18-19-may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumining ikkinchi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
 Mazkur tadbirda Yevrokomissiyaning ijrochi vitse-prezidenti V. Dobrovskis, Markaziy Osiy mamlakatlari hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari, YEI davlatlari iqtisodiyot, savdo, moliya, transport va raqamlashtirish boʻyicha vazirlari, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

Forum doirasida “Markaziy Osiyoda raqamli texnologiyalarga o‘tish” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada raqamli texnologiyalarga o‘tish iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qilishi, Markaziy Osiyo davlatlarining ustuvor vazifalardan biri ekanligi, so‘nggi yillarda raqamli infratuzilmaga keng qamrovli investitsiyalar kiritilishi natijasida hududda raqamli qamrovni kengayishiga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.
Raqamli tafovutni bartaraf etish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi lozimligi ham aytib o‘tildi.
Shuningdek, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, elektron hukumat, raqamli infratuzilma, dasturiy mahsulotlar bozori hamda raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda ushbu yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar berildi.
Bundan tashqari Qirg‘iziston Respublikasida davlat organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida raqamli ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash maqsadida aholini identifikatsiya qilish, aholi reyestri hamda saylov jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.