EMMM yangiliklari

Samarqand shahrida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi

“Radioelektron vositalar (radiostansiyalar, sunʼiy yo‘ldosh tizimlari) va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning bajarilishini ta’minlash maqsadida, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy bo‘limi, Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi va Samarqand viloyati EMMX xodimlari hamkorligida Samarqand shahar “Sattepo” maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand shahri “Sattepo” maskani Turkiston ko‘chasida fuqarolar tomonidan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz 9 dona BAOFENG UV-5R rusumli radioelektron vositalardan foydalanilayotgani aniqlandi.

photo2026-10-2316-00-00.jpg

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati EMMX muhandislari A. Olmasov va B. Djaniyevlar tomonidan radioelektron vositalarning texnik parametrlarini aniqlash maqsadida o‘lchov ishlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan texnik o‘lchovlar natijalari asosida radioelektron vositalarning texnik holati va belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilinib, texnik ekspertiza xulosasi tayyorlandi hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi A. Olmasov

Faylni tanlang