Joriy yilning 13-16-mart kunlari Samarqand viloyatida temir yo‘l va M-37 avtomagistral yo‘lining Samarqand shahridan Narpay tumani markaziga qadar bo‘lgan qismida mobil aloqa va Internet xizmatlari qamrovini o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Samarqand shahridagi va Narpay tumani markazidagi odamlar gavjum hududlarda hamda viloyatdagi Imom Al-Buxoriy majmuasida o‘lchov ishlari amalga oshirildi.


O‘lchov ishlari davomida Germaniya davlati “Rohde&Schwarz” kompaniyasining Android smartfonlariga o‘rnatilgan QualiPoc maxsus dasturiy ta’minoti vositasida hududlardagi mobil aloqa operatorlarining 2G, 3G va 4G texnologiyalaridagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha, shuningdek, TSME 6 skaner qurilmasi hamda Romes va SmartAnalytics dasturiy ta’minotlari vositasida avtomobil va temir yo‘llaridagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha o‘lchov ishlari olib borildi.



Amalga oshirilgan ishlar yakunida o‘lchov natijalari asosida o‘lchov hududlari hamda avtomobil va temir yo‘llardagi mobil aloqa va Internet qamrovi holati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi.
Qayd etish joizki, yuqorida keltirilgani kabi o‘lchov ishlarini olib borish natijasida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar mobil aloqa operatorlariga xizmatlar qamrovini kengaytirish va sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev