Joriy yilning 18-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun onlayn sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev rahbarlik qildi.

Unda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari, markaziy apparat mutaxassislari, shuningdek, hududiy jismoniy va yuridik shaxslar faol ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va savollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mavjud masalalar bo‘yicha tegishli huquqiy va texnik tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida hal etildi.

Bunday ochiq muloqotlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faoliyatini yanada oshirish, hududlarda yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor yechim topish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.