9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqa ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.

Olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharafini esa milliy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan 8 nafar o‘quvchidan iborat 2 ta terma jamoa himoya qiladi.
1-terma jamoa:
- Jahongirshoh Avazxonov — Namangan Prezident maktabi, 10-sinf;
- Timur Kadirbergenov — Nukus Prezident maktabi, 11-sinf;
- Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf;
- Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan Prezident maktabi, 11-sinf.
2-terma jamoa:
- Sardor Salimov — Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf;
- Humoyun Abduraupov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf;
- Ulug‘bek Kamalov — Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich;
- Ravshan Rahmiddinov — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi, 1-bosqich.
Terma jamoa a’zolari 2025-yil noyabr oyidan buyon Qozog‘iston, Polsha va Ruminiyadan jalb etilgan xalqaro ekspertlar ishtirokida 8 ta o‘quv yig‘inida qatnashdi. Shuningdek, ular Ruminiya va Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro sport dasturlash oromgohlarida malaka va tajriba almashdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekiston terma jamoasiga IOI 2026 xalqaro informatika olimpiadasida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi.