Sirdaryo viloyati EMMXda ish samaradorligini yanada yaxshilash, elektron hujjatlar bilan ishlashda xodimlar tomonidan foydalanilayotgan edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo elektron tizimi bo‘yicha 2026-yili 21-aprel kuni “UNICON-SOFT” MChJ viloyat filiali mutaxassislari tomonidan amaliy seminar tashkil etildi.
Ma’ruzachi tomonidan o‘z taqdimotida ijro intizomi idoralararo elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan me’yoriy hujjatlar hamda elektron tizimni o‘rnatish va undan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, EMMX xodimlari tomonidan qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlar berilib, o‘zaro fikr mulohazalar bildirildi.
Idoralararo ijro intizomi elektron tizimidan foydalanish orqali ish samaradorligini oshirish, vaqtdan unumli foydalanish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarga barham berish barchamiz uchun manfaatli va muhimdir.

Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.Xidirov