Soha yangiliklari

Sizga hech qanday harakatsiz pensiya tayinlanadi!

Ya’ni, pensiya olish uchun ariza topshirish talab etilmaydi.

Pensiya yoshiga yetgan fuqaroga bu haqda telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Agar fuqaro nomiga mobil raqam rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, tegishli ma’lumotlar yashash manzili bo‘yicha pochta orqali yetkaziladi.

Shu bilan birga, my.gov.uz orqali quyidagi hollarda ariza topshirish imkoniyati mavjud:
— pensiya yoshidan (55/60 yosh) katta bo‘lsangiz;
— 54 yoshga to‘lib, imtiyozli pensiyaga chiqmoqchi bo‘lsangiz;
— boquvchisini yo‘qotganlik yoki nogironlik pensiyasini rasmiylashtirmoqchi bo‘lsangiz.

Qanday foydalaniladi?
my.gov.uz saytiga kirasiz;
Tegishli xizmatni tanlaysiz: Link
So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirib, ariza yuborasiz.

Natija — 10 ish kuni ichida taqdim etiladi. Eng muhimi — xizmat mutlaqo bepul.

Faylni tanlang