Endi ota-onalar farzandining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va maktab haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasi orqali masofadan turib ko‘rishlari mumkin.

Xizmat orqali quyidagilar bilan tanishish mumkin:
- farzandning har bir fan bo‘yicha joriy baholari va o‘rtacha ko‘rsatkichi;
- sinfdagi baholar statistikasi va o‘zlashtirish darajasi;
- ta’lim muassasasining nomi va manzili;
- maktabdagi o‘qituvchilar va o‘quvchilarning umumiy soni.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga yoki MyGov ilovasiga kiring, shaxsiy kabinetingizdagi “Mening oilam” bo‘limini oching va farzandingiz ma’lumotlari yonidagi “Maktab ma’lumotlari” tugmasini bosing.
Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/uz