Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 doirasida 97 davlat jamoalari yetakchilarining birinchi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning ikkinchi kunida jamoa yetakchilari “Yangi Toshkent” kongress markazida tashkil etilgan Bosh Assambleya yig‘ilishida (GA Meeting) ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida musobaqa qoidalari, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar hamda kontest jarayoniga oid muhim tashkiliy masalalar batafsil muhokama qilindi.