2023-yil 23-sentabr kuni Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori 2-ilovasidagi nizomning 10-bobi, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali REV va YuChQni olib kirish tartibi” to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.
O‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti davomida Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.
Tayyorladi: Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev S.S.