EMMM yangiliklari

Surxondaryoda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish hamda soha xizmatlarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 28, 29 va 30-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatida keng qamrovli o‘quv mashqi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir “Surxondaryo viloyati hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch hamda vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi harakatlari” mavzusiga bag‘ishlangan.

photo2026-11-0215-15-19.jpg

Dastlabki natijalar va dolzarb vazifalar muhokamasi 

28-29 - 30-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik N. Kadirov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tib, oraliq natijalar batafsil tahlil qilindi.

Muhokama davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

    • Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

    • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etuvchi kuch va vositalarning doimiy shayligini oshirish;

    • Kirib kelayotgan kuz-qish mavsumida aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish hamda yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

photo2026-11-0215-15-23.jpg

Shuningdek, tadbir doirasida jalb etilgan barcha tegishli kuch va vositalarning saf ko‘rigi o‘tkazildi.

photo2026-11-0215-15-15.jpg

Favqulodda vaziyatlarda tezkor axborot almashish, uzluksiz aloqa va boshqaruv organlari o‘rtasida to‘g‘ri muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mazkur mashg‘ulotlarda Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘z sohalari bo‘yicha belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda.

photo2026-11-0215-15-28.jpg

Mashqlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ehtimoliy favqulodda holatlarning barvaqt oldini olish hamda eng oliy qadriyat hisoblangan insonlar hayoti va salomatligini asrashdan iborat.

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang