O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 4-son IIB HPB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Damariq MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.Bobojonov tomonidan 5 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalaridan radiochastota organining tegishli ruxsatnomalarisiz noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi va daliliy ashyolar Yakkasaroy tumani 4-sonli IIB HPB xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov