O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari Toshkent shahar IIBB, Shayxontohur tumani IIO FMB 4-son IIB HPB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida yashovchi fuqaro F.Ikromov tomonidan “EK36-GDW” rusumli mobil kuchaytirgich qurilmasidan Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 707-sonli qarori talablarini bajarmasdan foydalanganligi sababli, mobil aloqa operatorlari tayanch stansiyalarining ishlashiga salbiy radioxalaqitlar keltirib chiqarganligi holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan aniqlangan daliliy ashyolar Shayxontohur tumani 4-sonli IIB HPB xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov