Joriy yilning 13-14 oktabr kunlari EMMM hududiy bo‘linmalarining radiomonitoring muhandislari uchun mobil tarmogʻida test o‘lchovlarini o‘tkazuvchi “Rohde&Schwarz” uskunasi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Ushbu kursida EMMMning hududiy bo‘linmalari radiomonitoring muhandislaridan tashkil topgan 12 ta mutaxassis ishtirok etdi.
Trening davomida “Rohde&Schwarz” mutaxassisi Yuris Grantis uyali aloqa tarmoqʻini ishlash sifatini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi “Smart Analytics Scene” dasturiy taʼminotining yangi imkoniyatlari bilan ishlashi boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni berdi.


Kursning amaliy qismida tinglovchilar mobil aloqa kanalining turli standartlarini o‘lchov natijalarini tahlilini qildilar. Shuningdek, dasturiy ta’minot yordamida mobil aloqa signalini turli texnik parametrlarining tahlili o‘tkazdilar.




Korxonamiz mutaxassislari zamonaviy “Rohde&Schwarz” dasturiy taʼminoti bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha professional koʻnikmalarga ega boʻldilar.