Soha yangiliklari

“O'zbektelekom“ IPO'dan beri o‘sish bo‘yicha eng yaxshi aksiyaga aylandi

KAP DEPO investitsiya kompaniyasi tahliliga ko‘ra, 2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston fond bozorida narxi eng ko‘p o‘sgan likvid aksiyalar reytingi shakllandi. Taqqoslash uchun aynan ushbu davr tanlangan, chunki 2023-yil oxirida "O‘zbektelekom" IPOsi bo‘lib o‘tgan. Bu barcha likvid oddiy aksiyalar dinamikasini bir xil vaqt oralig‘ida solishtirish imkonini beradi.

Reytingda “O'zbektelekom“ aksiyalari yetakchilik qildi va 2024 yil boshidan buyon 304,9% ga o‘sdi. Undan keyingi o‘rinlarda “O‘zsanoatqurilishbank“ — 258,5%, “Ipoteka-bank“ — 172,7%, “Hamkorbank“ — 163,6% va “O‘zRTXB“ — 144,3% bilan joy oldi.

Shuningdek, reytingdagi beshta yetakchi kompaniyaning uchtasi banklar ekaniga e’tibor qaratish lozim. Agar reytingni eng yaxshi o‘nta likvid aksiya bo‘yicha kengaytirsak, banklar ulushi yanada yuqori bo‘ladi. Bu so‘nggi yillarda aynan bank aksiyalari O‘zbekiston fond bozori dinamikasiga katta ta’sir ko‘rsatayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘sish hisob-kitobida dividend to‘lovlari inobatga olinmagan, shu sababli keltirilgan natijalar faqat aksiyalar narxining o‘zgarishini aks ettiradi. Bunda kompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan kapitalizatsiyalar hisobga olingan.

Reyting 2026 yil 5-avgust holatiga ko‘ra likvid aksiyalar asosida tuzilgan.

Faylni tanlang