Soha yangiliklari

UZTELECOM o‘z abonentlariga Internet-trafik sarflamasdan speedtest.net portalidan foydalanishni taklif etadi

2023-yilning 1 va 2-choraklarida UZTELECOM Speedtest Awards 2023 natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internetga ega aloqa operatoriga aylandi.

Mamlakatimizning har bir fuqarosi xizmatlardan yanada qulay foydalanishlari uchun tarmoqni kengaytirish va yangilash orqali mobil aloqani sifatli va ishonchli qilishga harakat qilinmoqda.

Mobil internet tezligini o‘zingizga qulay vaqtda o‘lchab ko‘rishingiz uchun speedtest.net portalidan mobil trafikni sarflamasdan foydalanish imkoniyatini yaratildi.

Faylni tanlang