Joriy yilning 21-yanvar kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha qonunchilik asoslari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini Samarqand shahar prokurorining katta maslahatchisi M.Matlabov olib bordi.
Davra suhbati davomida Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish yo‘nalishida mavjud qonunchilik bazasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Jumladan, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilab qo‘yilgan bir qator moddalar bilan tanishtirib o‘tildi.
Shuningdek, korrupsion holatlarni kamaytirish uchun inson omili qatnashadigan jarayonlarni raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Xodimlarga amaliyotda duch kelinayotgan korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga misollar keltirildi. Ushbu holatlarga guvoh bo‘linganda harakatlanish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida xodimlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga prokuratura mutaxassisi tomonidan javoblar berildi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev