"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida noqonuniy foydalanilayotgan REVlar aniqlandi

Joriy yilning 20-yanvar  kuni Jizzax viloyati EMMX va Sh.Rashidov tumani IIB xodimlari tomonidan “ Jizzax  viloyati hududida REV va YuChQlarni sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Sh.Rashidov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida tuman hududida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalaridan birida 5 dona radioelektron vositadan belgilangan tartibga zid ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, mazkur radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda Sh.Rashidov tumani IIB xodimi tomonidan vaqtincha saqlovga qabul qilindi.

 

Tayyorladi:    Jizzax viloyati EMM xizmati                            1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang