Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro ta’limning yangi Italiya yo‘nalishi ishga tushirilmoqda!

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev Ca' Foscari University of Venice bilan qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rasmiy shartnomani imzoladi.

Bu bo‘lajak abituriyentlar uchun nimani anglatadi:
- Ta’lim 3+1 formatida amalga oshiriladi: 3 yil Toshkent shahridagi Inha universitetida va 1 yil Italiyada bepul o'qitiladi;
- Dastur Computer Engineering (Data Science) yakunida talabalar O‘zbekiston va Italiya namunadagi ikki tomonlama diplomga ega bo‘ladilar;
- Dastur chuqurlashtirilgan akademik tayyorgarlik va xalqaro mobillikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Yangi Italya yo‘nalishining ishga tushirilishi Toshkent shahridagi Inha universitetining xalqaro ekotizimini rivojlantirishdagi strategik qadam bo‘lib, talabalar uchun global imkoniyatlarni kengaytiradi.

Faylni tanlang