1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida tashkil qilingan tadbirda ishtirok etdilar.



Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D. Alimdjanov