
Aziz foydalanuvchilar!
Xabaringiz bor, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my3.gov.uz manzilida) yangilangan talqini sinov tartibida ishlab turibdi.
Biz uchun Sizning fikringiz juda muhim!
Portaldan foydalanishda biror taklif yuzaga keldimi? Yana nimalarnidir o‘zgartirish kerak, deb o‘ylaysizmi?
Fikringizni izohlarda qoldiring yoki quyidagi usullarda yuboring:
Telegram bot orqali: https://t.me/MyGovRasmiyBot
1242 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib
Sizning yordamingizda Yagona portalni hamma uchun yanada qulay va foydali qilishimiz mumkin!
Shuningdek, tez kunda my.gov.uz yangi interfeys bilan to‘liq ishga tushishini eslatib o‘tamiz!