
2025-2026-o'quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga imtihonga kirish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Ruxsatnomani my.gov.uz'dagi Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/1075)xizmatidan foydalanib, “Abituriyent ruxsatnomasi” tugmasini bosish orqali yuklab olish mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan xolda kelishlari shart.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Barcha abituriyentlarga imtihonlarda omad tilaymiz!