EMMM yangiliklari

Radiochastota spektridan ruxsatsiz foydalanish holati aniqlandi

Joriy yilning sentabr oyida Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida radiochastota spektridan foydalanish holatlarini o‘rganish bo‘yicha monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori talablari ijrosini ta’minlash, radioelektron vositalardan foydalanish holatlarini o‘rganish hamda tegishli ruxsat hujjatlarisiz foydalanilayotgan vositalarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring jarayonida Jizzax viloyatining Zomin tumani X.Olimjon mahallasi hududida joylashgan  xususiy korxonaga qarashli ovqatlanish maskanida radioelektron vositalardan foydalanish holati o‘rganildi.

photo2026-09-2216-17-34.jpg

O‘rganish davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan 11 dona BAOFENG rusumli radioelektron vositadan tegishli ruxsatnoma hujjatlarisiz foydalanilayotgani aniqlandi.

photo2026-09-2216-17-38.jpg

Aniqlangan radioelektron vositalar Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hududiy xodimlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi.

Monitoring tadbiri yakunlari bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Tayyorladi:  Jizzax viloyati EMM xizmati 1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang