Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy GPS/GNSS texnologiyalari hamda RTK radioaloqa tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar ekin ekish, yerga ishlov berish va hosil yig‘ish jarayonlarini yuqori aniqlikda amalga oshirish imkonini beradi.
Shunday qurilmalardan biri — “Wireless Data Transceiver S6” RTK GNSS tizimining radio modemi bo‘lib, u baza stansiyasi va qabul qiluvchi qurilma o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi. Natijada qishloq xo‘jaligi texnikalari santimetr darajasidagi aniqlik bilan harakatlanishi mumkin.
Bunday uskunalardan foydalanishda radiochastotalardan foydalanish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi lozim.

Joriy yilning 7-iyul kuni Xorazm viloyati EMMX mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyati Yangibozor tumani, Yuqoriboshqirshix mahallasi hududida “Wireless Data Transceiver S6” radio modemidan belgilangan tartiblarni buzgan holda foydalanish holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi tomonidan ma’muriy chora ko‘rildi.
Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev