O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ezgu g‘oya xalqimizni yagona maqsad va umumiy intilishlar yo‘lida birlashtirish, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mustaqillik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Elektromagnit moslashuv markazida ham O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayramning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda jamoada vatanparvarlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Markaz jamoasi tomonidan tashkilot binosi va hududida bayramona muhit yaratish, davlatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar jarayonida xodimlar tomonidan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt kelajagi yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish g‘oyalari ilgari surilmoqda.

Zero, mustaqillik — bu nafaqat tarixiy sana, balki bugungi tinch va farovon hayotimiz, erkin mehnat qilish va kelajakka ishonch bilan intilishimizning mustahkam poydevoridir.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi targ‘ibot ishlari ham ana shu ulug‘ maqsad — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida barchamizni birlashtirishga xizmat qilmoqda.

