
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelgan yangilanish, mehr-oqibat va yasharish fasli – Navro‘z bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Navro‘z – bu tabiatning uyg‘onishi, qalblarning poklanishi, yangi orzu va rejalar sari dadil qadam tashlash davridir. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayz-u baraka, tinchlik va totuvlik olib kelsin.
Yurtimizda doimo osoyishtalik, oilalaringizda baxt va quvonch bardavom bo‘lsin. Yangi kunlar barchamizga yangi imkoniyatlar, ulkan zafarlar va ezgu niyatlar ro‘yobini olib kelsin.
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!