20.03.25
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar!
Mana shu qutlug‘ ayyomda siz, azizlarni, butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Navro‘zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu baraka olib kelsin!
Jonajon Vatanimiz yanada go‘zal va obod bo‘lsin!
Yurtimiz tinch va osoyishta, xalqimiz doimo sog‘-omon bo‘l...
20.03.25
O‘lkamizda bahor bayrami!
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha “Yillik kalendar reja” tasdiqlangan.
Rejaning 6-bandida, 21-mart – Navro‘z umummilliy bayram munosabati bilan “An’ana, urf-odat va qadriyat” mavzusida ma’na...
19.03.25
Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka bo‘ladi
Bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimizning hamma joylarida obodonlashtirish va tozalash ishlari o‘tkaziladi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram – Navro‘zi olam shodiyonalari tobora yaqinlashmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida ushbu qutlug‘ ayyomni munosib kutib olishga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.
Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmat...
19.03.25
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda, korrupsiyaga qarshi kurashish re...
17.03.25
Radioxalaqit manbalari bartaraf etildi
Buxoro viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxalaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalariga asosan Buxoro viloyati hududida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro viloyati...
13.03.25
O‘quv soati
Joriy yilning 13-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, Axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlarni ta’minlash bo‘limi y...
12.03.25
Yaxshilik sari intilamiz
Yurtimizda ehtiyojmand kishilarga yordam berish, nogiron va bemorlarning holidan xabar olish, boquvchisi yo‘q yolg‘iz onalarni qo‘llab quvvatlash, ko‘ngli yarimga madad berish xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilikning yorqin ko‘rinishidir.
Ana shunday an’analarimiz, qadriyatlarimiz yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Albatta korxonami...