"EMMM" DUK yangiliklari

Ramazon hayiti bayrami bilan tabrik

photo2026-03-2416-22-21.jpg

“EMMM” davlat unitar korxonasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Ramazon hayiti — muqaddas oy davomida ado etilgan ibodatlarning yakuni sifatida inson qalbini poklaydigan, jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini mustahkamlaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu qutlug‘ kunlarda xalqimiz o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik yanada kuchayib, ezgu qadriyatlar yuksak darajada namoyon bo‘ladi.

Muborak ayyom munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, tinchlik va farovonlik tilaymiz.

Amalga oshirayotgan barcha ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik doimo hukm sursin, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bardavom bo‘lsin.

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

“EMMM” davlat unitar korxonasi jamoasi

Faylni tanlang