"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyati EMMXda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti tashkil qilindi

Joriy yilning 20-oktabr kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelish xavflari va ularni oldini olish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

photo2025-10-2816-42-47.jpg

photo2025-10-2816-42-53.jpg

Texnik o‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga “EMMM” DUK ning “EMMM” DUK xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibi to‘g‘risida nizomi asosida korxonada ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining ko‘rinishlari hamda ushbu holatlar to‘g‘risida xabar berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yuqoridagi nizom bilan manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olish bo‘yicha choralar “EMMM” DUKning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiyligi, ushbu holatlarning oldini olish bo‘yicha xodimlarning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

photo2025-10-2816-43-08.jpg

Texnik mashg‘ulot so‘ngida xodimlarning ushbu yo‘nalish bo‘yicha savollariga javoblar berildi hamda yuqoridagi masalalar bo‘yicha har bir xodimga shaxsiy mas’uliyat yuklanganligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev

Faylni tanlang