Raqamli transformatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan bugungi kunda kiberxavfsizlik Oʻzbekiston uchun muhim strategik yoʻnalishlardan biriga aylandi. Davlat boshqaruvi, moliya, energetika, transport, sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimlarida axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi bilan birga, kiberxavflar ko‘lami va murakkabligi ham ortib bormoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha huquqiy va tashkiliy asoslar shakllantirildi. Axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, davlat axborot tizimlari va muhim infratuzilmalarni muhofaza qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, mas’ul vakolatli organlar faoliyati kuchaytirildi.
Davlat axborot tizimlarida axborot xavfsizligi talablarini joriy etish, kiberhodisalarga tezkor javob berish va profilaktika choralarini ko‘rish ustuvor vazifalardan etib belgilangan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda uchrayotgan asosiy kiberxavflar quyidagilardan iborat:
· fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlari;
· zararli dasturlar va ruxsatsiz kirishlar;
· veb-resurslarga DDoS hujumlar;
· shaxsiy va xizmat ma’lumotlarining sizib chiqishi;
· texnik vositalar orqali axborot xavfsizligiga tahdidlar.
Mazkur tahdidlar nafaqat dasturiy, balki apparat va texnik darajadagi himoya choralarini ham talab etmoqda.
Kiberxavfsizlikni ta’minlashda axborot tizimlarining barqaror ishlashi va texnik himoyasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois, axborot-kommunikatsiya vositalarining xavfsizligini ta’minlashda kompleks yondashuv — texnik, tashkiliy va kadrlar tayyorlash masalalari uyg‘un holda amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar malakasini oshirish, mahalliy IT va kiberxavfsizlik yechimlarini rivojlantirish, xalqaro tajribani joriy etish bu boradagi muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kiberxavfsizlik holati izchil rivojlanish bosqichida bo‘lib, ushbu yo‘nalish davlat siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Axborot tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, kiberxavflarning oldini olish hamda raqamli iqtisodiyot rivojiga xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Kelgusida kiberxavfsizlikni ta’minlashda kompleks va tizimli yondashuvni yanada kuchaytirish O‘zbekistonning raqamli taraqqiyoti uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi
O.A.Ostonaqulov