Markaz haqida

Soha yangiliklari

15.10.26
IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi
IT Park Uzbekistan Financial Times Group tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan fDi Intelligence nashri tomonidan tashkil etilgan Global Free Zones of the Year Awards 2026 xalqaro mukofotida "Yilning eng yaxshi bilimlar zonasi — Osiyo-Tinch okeani mintaqasi" (Knowledge Zone of the Year – Asia-Pacific) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Ushbu e’tirof ...
14.10.26
Bozorga kirishdan raqamli loyihalargacha: IT Park Uzbekistan Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
IT Park Uzbekistan’da Qianfan Tuohai Consulting Services (Shenzhen) Co., Ltd. delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Xitoy kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.  Muzokara...
14.10.26
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, robototexnika hamda raqamli hukumat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shun...
13.10.26
“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi. Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlari...
12.10.26
IT Park Uzbekistan va Fransiya–O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi IT sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Fransiya–O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (CCI France Ouzbékistan) IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda «ICT Week Decoded» nomli brifing o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ICT Week Uzbekistan 2026 tadbirlari yakunlari sarhisob qilindi, axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston–Fransiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi hamda ...
11.10.26
O‘zbekiston va Qozog‘iston IT Parklari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki mamlakat IT Parklari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Markaz...
08.10.26
NASA rahbariyati bilan kosmik sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Antaliya shahrida o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari AQShning NASA rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda NASA administratori o‘rinbosari Matt Anderson ishtirok etdi. Muloqot ...
08.10.26
Cyber Universityda Palo Alto Networks laboratoriyasi ishga tushirildi
Cyber Universityda kiberxavfsizlik yo‘nalishida amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Palo Alto Networks o‘quv-tadqiqot laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Palo Alto Networks — tarmoq xavfsizligi, kiberxavflarni aniqlash va ularga javob qaytarish, Security Operations hamda zamonaviy korporativ infratuzilmalarni h...
07.10.26
Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi
“Cyberkent 4.0” musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Cyber University talabalari kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi. Musobaqa Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi.CTF Master yo‘nalishining respublika bosqichida 118 ta jamoa ishtirok etdi. ...
07.10.26
Amazon Web Services kurslari endi aileaders.uz platformasida!
AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdo...
Faylni tanlang